Amerikaning Razer kompaniyasi CES 2017 körgazmasida özining yangi noutbuki loyihasini taqdim etdi. U uçta 17 dyuymli displey bilan jihozlangan. Loyiha Project Valerie deb ataldi.

Noutbukning oğirligi 5 kilogramm. U oçilgaç, ikkita qöşimça displeyni turli tomonlarga suriş hamda şu tariqa katta ekranga ega böliş mumkin. Har bir displey IGZO texnologiyasi böyiça işlab çiqilgan bölib, 4K kengligini qöllab-quvvatlaydi. Ulardagi tasvir NVIDIA G-Sync texnologiyasi yordamida moslaştiriladi.

Noutbuk mexanik klaviatura, video xotirasi 8 gigabayt bölgan NVIDIA GeForce GTX 1080 videokartasi, 32 gigabaytli operativ xotira, şuningdek, eng zamonaviy sovutiş tizimiga ega böladi. Taxminlarga köra, uç ekranli bu yangilik 6000 AQŞ dollari atrofida baholanadi. Biroq Razer bunday noutbukni bozorga umuman çiqarmasligi ham mumkin ekan.