Xitoyning Xiaomi kompaniyasi xalqaro körgazmalarda faol ravişda qatnaşib kelmoqda. Avvaliga – Barselonadagi MWC 2016’da uzoq kutilgan Mi5 smartfoni taqdim etildi. CES 2017’da esa oq rangdagi Mi Mix namoyiş etildi. Biroq Xiaomi’ning Mi TV 4 televizori eng uzoq kutilgan yangiliklardan biri böldi. U juda ham ingiçka bölib (4,9 millimetr), ramkasizdir.
Xiaomi Mi TV 4 boşqa oddiy televizorlardan farqli ravişda körinmas ramkaga ega. Uning ingiçkaligi esa zamonaviy smartfonlardan ham yupqaroqdir.
Xiaomi alohida Mi TV Bar’da plata va audio bloklarni taklif etadi. Bu esa agarda siz televizoringiz imkoniyatini yanada kuçaytirmoqçi bölsangiz, yangi TV Bar’ni xarid qilişingiz kifoya qilişidan darak beradi. Bunday özgarişning narxi televizor narxidan 20 foizni taşkil etadi, xolos.
Yana bir öziga xos jihat - Mi TV Bar’ning televizor bilan bittagina sim orqali ulanişidir, qolgan barça funksiyalar TV Bar’ning öziga ulanadi.
Şuningdek, Xiaomi yangiligida ilovalar va kontent ekotizimi, audiotizim bilan moslaşiş imkoni va Dolby Atmos ham bor.
Uning taxminiy narxi 65 dyuymli audiobar bilan majmua uçun 2000 AQŞ dollaridan iborat. 55 dyuymli yangilik esa kamida 1500 AQŞ dollariga baholanişi mumkin.












