Sevenhugs kompaniyasi CES 2017 körgazmasiga Smart Remote pultini taqdim etdi. U 25 mingta turli qurilmalarni boşqarişi mumkin. Bundan taşqari, u Uber taksilari bilan aloqa örnatişga xizmat qiluvçi ilovalar, infraqizil port va içiga örnatilgan maxsus datçiklar bilan jihozlangan.
Pult 3.53 dyuymli sensorli displey, simsiz WiFi va Bluetooth modullariga ega. Ular uydagi uskunalar (televizor va boşqalar)ni boşqarişda qöl keladi. Şuningdek, Sevenhugs Smart Remote imkoniyatlarini kengaytiruvçi maxsus sensorlarni uyning turli qismlarida har xil vazifalarni bajarişi uçun örnatiş mumkin. Masalan, datçikni deraza ortida örnatilsa, u taşqi termometr va havo namligini ölçovçi uskuna bölib işlaşi mumkin. Uni kiriş eşigi oldiga qöyib, Uber ilovasi bilan boğlasa, öz uyiga taksi çaqiriş imkoni ham mavjud. Bir neça gadjyetlarni bir vaqtda işlatiş, şuningdek özingizga xos bölgan harakatlar töplamini yaratişingiz mumkin.
Ayni damda smart-pultni 229 AQŞ dollariga buyurtma qiliş imkoni mavjud. Biroq, u dökonlarga çiqarilgaç, 300 AQŞ dollariga baholanişi kutilmoqda. Qöşimça sensorlar alohida sotiladi.















