AQŞda bir qator nufuzli universitetlarda ötkazilgan tadqiqotlar televizorning pulti uydagi eng kir buyum va yuqumli viruslar öçoği hisoblanişini tasdiqladi.

Televizorni masofadan boşqaradigan gadjetga bir kunda neçta qöl tegadi. Ba’zida pult polga tuşib ketadi yoki televizor orqasida çang yiğadi. Ekran oldida ovqatlanayotganda, yoğli qöllar bilan pultga tegiladi. Yanayam yomoni, kimdir pultga qarab aksirgan, yuvilmagan qöllari bilan uşlagan va hatto ustidan bosib ötgan bölişi mumkin. Bunga hissa qöşadigan yana bir omil şundaki, pult tez kirlanadi, uni tozalaş esa qiyin. Çunki pultlardagi tirqişlar işni murakkablaştiradi.

Arizona universitetining atrof-muhit mikrobiologiyasi bölimi mutaxassisi doktor Çarlz Gerbaning ta’kidlaşiça, uydagi pult hojatxona, rakovina jömragi, eşik tutqiçlari va hatto yuvilmagan körpa-töşaklardan ham kirroq hisoblanadi.

Virjiniya universiteti tadqiqotçilari özlari tekşirgan pultlarning yarmida şamollaş viruslari mavjudligini aniqladi. Faol mikroblar bunday pultlarda kamida 24 soat yaşay oladi: hatto bitta tugmani bosiş orqali kasallikni yuqtirib oliş mumkin.

Bu faqat uydagi holat. Sayohatga çiqqanda mehmonxonadagi televizor pultiga qöl tekkizişda yanada ehtiyotkor böliş lozim, çunki xonadagi eng kir buyum aynan pult sanaladi. Qolaversa, avvalgi mijozlar tozalikka qançalik rioya qilgani noma’lum.

Pultlar qanday tozalanadi?

Pultlarni muntazam ravişda tozalaş juda muhim. Masofaviy boşqaruv qurilmasini tozalaşda quyidagilar tavsiya etiladi:

  • Pult yuzasini tozalaş uçun spirtli mato yoki salfetkalardan foydalaning;
  • Tirqişlardagi çang va oziq-ovqat zarralarini çiqarib taşlang;
  • Pultni plastik qoplama bilan öraş ham mumkin. Uning yuzasini tugmalar funksionalligiga putur yetkazmasdan osonlik bilan tozalaş mumkin böladi. Ammo qoplamani vaqti-vaqti bilan almaştirişni unutmaslik lozim.

AQŞdagi New Remote Inc. kompaniyasi rahbarlari soğlik uçun ança xavfsiz pultni işlab çiqqani aytilmoqda. Clean Remote nomli universal pult tekis, tugmalar örniga börtiqlardan iborat, tirqişlarsiz va yuzasi bakteriyalarga çidamli qilib yaratilgan. Ta’kidlanişiça, uşbu pultni dezinfeksiyalovçi vosita bilan osongina artib tozalaş mumkin, bunda mikroblar va kirlar töplanadigan tirqişlar qolmaydi.