Afrikaning 2016 yildagi eng yaxşi futbolçisini taqdirlaş marosimi Nigeriya poytaxti Abuja şahrida bölib ötdi.
Sovrin uçun da'vogarlardan biri bölgan gabonlik futbolçi Per-Emerik Obameyang marosimga krossovka, sport iştoni, mayka va beysbolkada keldi. Çunki uning kiyimlari solingan bagaji aeroportda yöqolib qolgandi.

Dortmundning «Borussiya» klubi futbolçisi Frankfurtdan Afrikaga uçgandi, ammo uning yuklari Lufthansa aviakompaniyasi xodimlari aybi bilan yöqolib qolgan.
Per-Emerik Afrikaning ötgan yilgi eng yaxşi futbolçisini aniqlaş uçun ötkazilgan sörovnomada ikkinçi örinni olgan. U ötgan mavsumda «Lester» bilan Angliya çempioni bölgan Riyoz Mahrezdan ortda qolgan. Uçinçi örinni esa «Liverpul» futbolçisi Sado Mane egallagan.












