Moskvadagi favqulodda sovuq harorat natijasida 62 nafar kişi jabrlandi. Bu haqida 7 yanvar, şanba kuni poytaxtdagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) Boş boşqarmasining matbuot xizmatida xabariga asoslanib, Regnum naşri ma'lum qildi.
Manbaga köra, 6 yanvar kuni termometr 25 daraja körsatkiçdan pastlagan. Buning natijasida 48 kişi, şu jumladan 4 nafar bolaning oyoqlari muzlab qolgan. Jabrlanganlar orasida yuzi muzlab qolgan 5 oyilik gödak ham bölgan.
Bundan taşqari, 8 nafar kişi muzlaş natijasida olgan turli tan jarohatlari bilan tibbiy muassasalarga joylaştirilgan. Moskvada 6 kişi muz ustiga yiqilib, jarohat olişi natijasida şifoxonaga yetkazilgan.
Bundan avval Moskvadagi Rojdestvo keçasida sönggi 120 yil içidagi eng sovuq harorat (-29,8 daraja) qayd etilgani haqida xabar berilgandi.
RF Gidrometeorologiya markazi xabariga köra, Moskva şahrida kuçli sovuq natijasida xavfning olovrang darajasi e'lon qilingan. Markaziy federal okrugidagi boşqa hududlarda xavfning sariq darajasi qayd etilgan.
Ma'lumotlarga köra, şanbadan yakşanbaga ötar keçasi Moskva va Podmoskoveda 29 daraja sovuq bölişi kutilmoqda.












