CES 2017 körgazmasida molekulyar datçik örnatilgan ilk smartfon namoyiş etildi. Changhong H2 asl dorilar, qimmatbaho taqinçoqlar va boşqa buyumlarni tarkibiga köra soxtalaridan farqlaş xususiyatiga ega. Bu haqida Phonearena naşri xabar berdi. 

Manbaga köra, smartfon molekulyar datçik bazasidagi skanerga ega. U infraqizil spektroskopiya texnologiyasi asosida işlaydi. Datçik predmetga yoruğlik nurini yönaltirib, material spektriga ega böladi va şunga köra, uning molekulyar darajadagi tarkibini aniqlaydi. 

Smartfonning funksiyalari köp. U materialning ta'mini "his qila oladi" va bu unga soxta buyumlarni farqlaş imkonini beradi. Uni hatto dökonlardagi qadoqlangan mahsulotlar tarkibini örganiş uçun ham qöllaş mumkin. Işlab çiqaruvçilar nitratsiz mevalar xarid qiliş uçun smartfondan foydalanişni tavsiya qilişdi. Şuningdek datçik organizmdagi yoğ miqdorini ham aniqlay oladi. Bu esa sportçilar va ozişni maqsad qilgan kişilar uçun ayni muddao. 

Mazkur smartfonda dorilar, oziq-ovqat mahsulotlari, qimmatbaho toşlarni ajratiş uçun alohida ilovalar mavjud. Kelgusida ularning soni yanada oşadi. 

Changhong H2 smartfoni 2017 yilning boşida Xitoyda sotuvga çiqadi. Keyinçalik boşqa mamlakatlar dökonlarida ham paydo böladi. Yangi qurilmaning taxminiy narxi - 400 AQŞ dollari.