AQŞ prezidenti Barak Obama qizlari Maliya va Saşa Oq uy maxsus xizmati xodimlarining doimo birga bölişlaridan özlarini noqulay sezganlari haqida sözlab berdi. Bu haqda ABC News telekanali xabar bermoqda.
"Ular ösmirlarga aylanganlarida maxsus xizmatdan şikoyat qila boşlaganlar. Tasavvur qiling, siz ösmirsiz va ortingizdan mikrofon va qurol bilan bir juft soqçi doimo kuzatib yuradi. Albatta, bu muayyan bosim ötkazadi", deb aytgan Obama.
Obamaning aytişiça, qizlari bu vaziyatni ajoyib tarzda eplay olişgan. U şuningdek rafiqasi Mişelga qizlariga bergan tarbiyasi uçun minnatdorçilik bildirdi.
Avvalroq Obama qizlari nafaqat Oq uyni, balki ota-onalarini ham tark etişlari mumkinligini aytgandi.











