O‘zbekiston terma jamoasi va Xitoyning «Shangxay SIPG» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov tanqidlarga munosabati haqida gapirib o‘tdi.

«To‘g‘risini aytsam, tanqidlarni umuman yoqtirmayman. Hattoki u to‘g‘ri tanqid bo‘lsa ham yoqmaydi.

To‘g‘risi faqat otam yoki onam tanqid qilsa qabul qilishim mumkin. Boshqalarnikini umuman qabul qila olmayman», deya gapirib o‘tdi futbolchi Milliy telekanaliga bergan intervyusida.