Rossiyalik aralaş janglar san'ati (MMA) vakili Ibragim Xalilov özbekistonlik Baxtiyor Baratovni Xitoyning Xançjou şahrida ötkazilgan WBK 22 turniri doirasidagi jangning 3-soniyasidayoq nokautga uçratdi.

Bu hol jang startidagi qöl uriştiriş lahzasidayoq amalga oşgan. Jangçilar bir-biri bilan qölqop uriştirgan va şu onning özidayoq Ibragim Xalilov kutilmagan zarba yöllagan. Özbekistonlik jangçi oğir nokaut qabul qilib olgaç, ringda şifokorlar paydo bölgan.

Ma'lum bölişiça, rossiyalik sportçi MMA qoidalariga zid harakat qilmagan. Uning kutilmagan zarbasi qoidalar asosida berilgan. Şu boisdan ham Ibragim Xalilovga ğalaba yozilgan. Özbekistonlik sportçi vakillari tomonidan bildirilgan e'tiroz esa qabul qilinmagan.

Keyinroq Baratov aslida Tojikiston fuqarosi. U 2013 yilda MMA böyiça Tojikiston çempioni bölgan va hozirda Tojikiston MMA terma jamoasi a'zosi ekani ma'lum böldi.