Moskvaning janubida 3 noma'lum şaxs rossiyalik MMA (Mixed Martial Arts) jangçisi Rasul Mirzayevni kaltaklab, travmatik quroldan jarohat yetkazdi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi. 

"Bugun tungi soat 2:00 atrofida Vostoçnyy köçasida 3 nafar noma'lum şaxs Mirzayevga hujum qilgan. Ular sportçini kaltaklab, travmatik quroldan jarohatlaşgan va qoçib qolişgan. Jabrlanuvçi şifoxonaga yotqizilgan", - deya ma'lum qilindi şahar huquq-tartibot organida. 

2011 yilda Rasul Mirzayev ehtiyotsizlik tufayli odam öldirganlikda ayblanib, 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan - şu tariqa uning sportdagi karerasi intihosiga yetgan. 2011 yilning avgustida Mirzayev Moskvadagi tungi klubga kiraverişda Ivan Agafonov ismli talabaga muşt tuşirgan. Talaba huşidan ketgança öziga kelolmay, bir neça kundan söng hayotdan köz yumgan.