2016 yil Turkiya sayyohlik industriyasi uçun eng yomon yillardan biri sifatida qayd etildi. Ötgan yili mamlakatning Istanbul şahriga ötgan yilda taşrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni böyiça sönggi 16 yilda ilk marta pasayiş kuzatilgan. Yevropa va Osiyoni boğlovçi şaharga 2016 yilda kelgan sayyohlar soni 26 foizga kamaygan va 9,2 mln kişini taşkil etgan, deb xabar qilmoqda Rossiya sayyohlik operatorlari Assotsiatsiyasi.
"Xorijiy sayyohlar soni kamayişi AQŞ (-43,2 foiz) va Rossiya (-39,2 foiz) hissasiga töğri keladi", — deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, Turkiyadagi boşqa dam oliş maskanlariga bölgan qiziqiş ham pasayib borayotgani kuzatilgan. Xususan, 2016 yilda Antaliyaga borgan sayyohlar soni 2004 yil körsatkiçiga tuşgan. Kurort hokimiyati ma'lumotlariga köra, ötgan yilda Antaliyaga kelgan sayyohlar soni 43 foizga kamayib, 6 million kişini taşkil etgan.
Turkiyaning yana bir maşhur dam oliş maskani Bodrum ham 43,4 foiz xorijiy sayyohlar oqimini boy bergan. 2016 yilda bu yerga 453 ming dam oluvçi kelgan, 2015 yilda bu raqam 797 ming nafarni taşkil etgan.












