Apple korporatsiyasining eng tajribali dasturçilaridan biri - Kris Lettner - Tesla Motors kompaniyasiga ötmoqda. U yangi avtopilot tizimini işlab çiqiş bilan şuğullanadi, deyiladi Tesla saytida taqdim etilgan xabarda.
"Biz Kris Lettner kelganidan xursandmiz. U Tesla’da avtopilotga möljallangan dasturiy ta'minot böyiça vitse-prezident böladi", - ta'kidlanadi xabarda. Unda aytilişiça, Lettner Apple’da taxminan 11 yil işlab, Swift dasturlaş tilini yaratişda katta örin tutdi va yuqori malakali mutaxassis sifatida nom qozongan. Tesla Lettner inson iştirokisiz harakatlana oluvçi avtomobillarni yaratişda yordam berişiga umid bildirmoqda.
Avvalroq Tesla’da avtopilot işlab çiqiş bölimida faqatgina vaqtinçalik rahbar bor edi. Bu lavozimni Jinna Hussayn egallab turgan bölib, u SpaceX kompaniyasida dasturiy ta'minotni işlab çiqişda boşçilik qilgan. Tesla’ga, huddi SpaceX kabi amerikalik işbilarmon Ilon Mask rahbarlik qiladi. Reuters agentligining ta'kidlaşiça, Lettner Apple rahbariyatini kompaniyani tark etişi haqida xabardor qilgan.
Ma'lumot uçun, Tesla 2016 yilning oktabrida özi tomonidan çiqariluvçi avtomobillarni avtopilotning butunlay avtonom işlaşiga kömak beruvçi yangi tizimlar bilan jihozlaş niyatida ekanini ma'lum qilgandi.
Öşanda yangi tizimlar “avtomobilda 250 metr masofaga qadar 360 darajali köriş imkonini beruvçi sakkizta kamera va 12ta yaxşilangan ultratovuş datçiklari” bilan jihozlanişi aytilgan. Ular “yölda qattiq va yengil obektlarni avvalgidan ikki bora köproq aniqlaş imkonini beradi”. Bundan taşqari, Tesla maşinalari ma'lumotlarni qayta işlovçi yaxşilangan funksiyali radarga ham ega böladi.
AQŞda esa sönggi oylarda Tesla avtomobillarida avtopilotni qöllaş bilan boğliq bir neça halokatlar röy berganini ta'kidlab ötiş joiz.












