BAA 30 yillik energiya rejasini taqdim etdi. Unga köra,  iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlaş uçun 700 milliard dirham saqlab qolinib, 600 milliard dirham investitsiya qilinadi. Bu haqida Gilf News naşri xabar berdi. 

Mazkur reja BAAning iqtisodiy ehtiyojlari va ekologik maqsadlari örtasidagi muvozanatni saqlab turadi. 

BAA vitse-prezidenti va boş vaziri, şuningdek Dubay hukmdori Şayx Muhammad bin Raşid Al-Maktum BAA-2050 energiya rejasi haqida 10 yanvar kuni özining Twitter'dagi sahifasida ma'lum qildi. 

BAAning energiya rejasi iste'molçi imkoniyatlarini 40 foizga, sof energiya uluşini 50 foizga oşirişga yönaltirilgan. 

"Energiya haqida öylamaydigan inson kelajak haqida ham öylamaydi. BAA hukumati mamlakat uçun yagona energiya strategiyasini işlab çiqişda katta yutuqqa erişdi", - deb yozdi Şayx Muhammad. 

"Fors körfazi mamlakatlari öz iqtisodiy tuzilmasiga köra, bir-biriga öxşab ketadi. Umid qilamizki, xalqimizning barqaror ösişi va iqtisodiyotimizga global ta'sirini ta'minlaş maqsadida yagona energiya strategiyasiga ega bölamiz", - deb yozadi u.