BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri va Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum yana bir nabirali bo‘ldi - uning qizi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqida Gulf News'da xabar berildi.
Manal bint Muhammad bin Rashid Al-Maktum o‘z o‘g‘liga Rashid bin Mansur ismini berdi.
Manal bosh vazir o‘rinbosari va prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Al-Nahayyanning turmush o‘rtog‘idir.
Ijtimoiy tarmoqlarda oilaning barcha a'zolarini yangi mehmon bilan qutlashmoqda.

















