Nikaragua poytaxtida prezident Daniel Orteganing lavozimiga kirişişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. 2016 yilning noyabridagi saylovda işonçli ğalabani qölga kiritgan siyosatçi ketma-ket uçinçi bor davlat rahbari lavozimiga kirişdi. Uning rafiqasi Rosario Murilo esa vitse-prezident böldi.

Managuadagi inqilob maydoni marosim ötkazilgan joyga aylandi. Unda Venesuela, Gonduras va Salvador prezidentlari Nikolas Maduro, Xuan Orlando Ernandes hamda Salvador Sançes Seren, Tayvan ma'muriyati rahbari Tsay Inven, şuningdek, Kuba, Dominikan Respublikasi va boşqa davlatlar rahbariyat vakillari iştirok etişdi.

Ma'lumot uçun, Ortegani 2016 yilning noyabridagi saylovlarda ovoz beruvçilarning 72 foizi qöllab-quvvatladi. Uning boş raqibi Maksimino Rodriges esa atigi 15 foiz ovoz töplaşga muvaffaq böldi. Konstitutsiyaga köra Nikaragua prezidenti va vitse-prezidenti beş yillik muddatga saylanadi.  

Ortega ilk bora 1985 yilda prezident bölgan. U 2007 yilda yana hukumat tepasiga keldi. Nikaragua uning rahbarligi ostida 2008-2009 yillardagi global iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yengib ötdi va mamlakatdagi qaşşoqlik darajasi 2009-2014 yillarda 42,5 foizdan 29,6 foizga qadar tuşirildi.