Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangi reyting jadvalini e'lon qildi. Unga köra, Özbekiston milliy terma jamoasi 568 oçko bilan 61-öringa kötarildi.
Bu avvalgi körsatkiçga nisbatan 1 poğona yuqori. Özbekiston Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a'zo terma jamoalar orasida 6-örinda qoldi. 816 oçko bilan Osiyoda peşqadamlikni saqlab qolgan Eron dunyoda 29-örinda bormoqda. Janubiy Koreya 699 oçko bilan qit'ada 2-poğonada, jahon reytingida esa 37-örinda bormoqda.
Avstraliya (649 oçko) bir yöla 3 poğonaga kötarilib, dunyoda 44-örinni, Osiyoda 3-poğonani egalladi. Yaponiya (46-örin) va Saudiya Arabistoni (48-örin) Osiyo qit'asida mos ravişda 4–5 örinlarni egalladi.
JÇ–2018 turniriga uçinçi saralaş bosqiçida Özbekiston bilan bir guruhdan örin olgan Xitoy avvalgi oydagiga nisbatan 1 poğona, Qatar esa 2 poğona yuqoriladi. Suriya terma jamasi öz örnidan siljimadi.
Xitoy — 81-örin (424 oçko);
Qatar — 85-örin (416 oçko);
Suriya — 96-örin (355)
FIFA reytingida hamon Argentina (1634 oçko) yetakçilik qilmoqda. Ikkinçi örinni Braziliya (1544 oçko) egallab turgan bölsa, uçinçi örindan Germaniya (1433 oçko) joy olgan.
1 (1). Argentina – 1634 oçko
2 (2). Braziliya – 1544
3 (3). Germaniya – 1433
4 (4). Çili – 1404
5 (5). Belgiya – 1368
6 (6). Kolumbiya – 1345,
7 (7). Fransiya – 1305,
8 (8). Portugaliya – 1229,
9 (9). Urugvay – 1187,
10 (10). Ispaniya – 1166
...
29 (29). Eron – 816
37 (37). Janubiy Koreya
44 (47). Avstraliya – 649
46 (45). Yaponiya – 644
48 (54). Saudiya Arabistoni – 641
61 (62). Özbekiston - 568












