Filippinlik superboksçi Menni Pakyaoning navbatdagi raqibi avstraliyalik Jyeff Xorn böladi. Bu haqda Pakyaoning promouteri Bob Arum ma'lum qildi.  

Jang 22 aprelda Avstraliyaning Brisben şahridagi, 50 ming tomoşabinni siğdira oladigan Suncorp Stadium stadionida bölib ötadi.

37 yoşli Pakyao ayni vaqtda WBO versiyasi böyiça yarim örta vaznda jahon çempioni unvoniga ega. Filippinlik sportçi hisobida 59 ta ğalaba, 6 ta mağlubiyat va 2 ta durang natija bor.  

Uning raqibi 28 yoşli Xorn hisobida 16 ta ğalaba va bitta durang bor. Hozirda Xorn WBO reytingida Pakyaodan keyin 2-örinni egallamoqda.