Çad köli atrofidagi hududlarda "Boko Haram" radikal guruhi faoliyati oqibatida gumanitar inqiroz yuzaga kelgan. Bu haqda BMT boş kotibining gumanitar masalalar böyiça örinbosari Stiven ÖBrayyen ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, Kamerun, Nigeriya, Niger va Çadda 7,1 million kişi oçlikka mahkum.

"Xavfsizlik sohasidagi inqirozdan taşqari, oziq-ovqat yetişmovçiligi ham oğir holatda. 3 yil oldin Çad köli atrofidagi hududda 3 million kişi oçlik xavfi ostida edi. BMT va hamkorlari zarur çoralarni körişiga qaramasdan hozirgi kunda bundaylar soni 7,1 millionga yetgan", deya hisobot bergan u taşkilotning Xavfsizlik Kengaşi yiğilişi vaqtidagi çiqişida.

Uning xabar qilişiça, Afrikaning bu 4 mamlakatida 11 millionga yaqini kişi turli gumanitar yordamlarga muhtoj. Köçirilişi lozim bölgan kişilar soni 2,4 million, şundan 1,5 millioni bolalardir.

ÖBrayyenning aytişiça, 2017 yilda bu mintaqada gumanitar amaliyotlar uçun xarajatlar 1,5 milliard dollarni talab etadi va bu ötgan yilgidan ikki barobar köp.

BMT boş kotibining harbiy masalalar böyiça yordamçisi Tayye-Brukning sözlariga köra, "Boko Haram"ga qarşi bir neça bor harbiy amaliyotlar ötkazilgan bölsada, bu guruh mintaqaga jiddiy xavf solişda davom etmoqda. Uning sözlariga köra, 2016 yilning oktabrida ekstremistlar taktikani özgartirişdi va tinç aholiga emas, harbiylar va harbiy obektlarga hujumlar uyuştirişga ötdi. Guruh rahbarlaridan biri Abu Musab al-Barnaviy öz tarafdorlarini dindoşlari musulmonlarni emas, boşqa dinlar vakillarini öldirişga çaqirgan.