Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan «Lokomotiv»ning 9 nafar futbolçisini yanvar oyidagi yiğinga taklif qildi. Bu haqda «temiryölçilar» matbuot xizmati xabar berdi.
Ular orasida hujumçi Temurxöja Abduxoliqov ham bor.

Ayni paytda «Lokomotiv» futbolçilari Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirişmoqda. Mazkur yiğin 21 yanvarga qadar davom etadi.
Jahon çempionati saralaş öyinlariga tayyorgarlik körayotgan Özbekiston milliy terma jamoasi ham 21-24 yanvar kunlari Dubayda qisqa muddatli yiğin taşkil etadi. Yiğin doirasida terma jamoa 22 yanvar kuni Daniya (U-23) terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşadi.
«Temiryölçilar» safida terma jamoaga çaqiruv olgan futbolçilar - darvozabon Ignatiy Nesterov, himoyaçilar Bobur Yöldoşev, Islom Töxtaxöjayev, Şuhrat Muhammadiyev, yarim himoyaçilar Sardor Mirzayev, Server Jyeparov, Sanjar Şoahmedov hamda hujumçilar Marat Bikmayev bilan Temurxöja Abduxoliqov.
Bu futbolçilar Toşkentga «Lokomotiv» tarkibida emas, balki Daniya (U-23)ga qarşi nazorat bahsidan söng terma jamoa bilan qaytişadi.
Şuni aytiş lozim, ötgan mavsum töpurari Temurxöja Abduxoliqov nihoyat ilk bor terma jamoa yiğinida iştirok etadi. Bundan taşqari, «temiryölçilar» safiga yaqinda kelib qöşilgan himoyaçi Şuhrat Muhammadiyev ham boş jamoadan taklif olgan.
Eslatib ötamiz, ötgan yilda Samvel Babayan jurnalistlarning Temurxöja Abduxoliqov Özbekiston çempionati töpurari bölgani holda nega terma jamoa safida emasligi haqidagi savollariga u terma jamoa prinsiplariga töğri kelmasligi tufayli çaqiruv olmasligini aytib ötgandi.











