Amnesty International huquqni himoya qiluvçi taşkiloti faollari Parijdagi Ozodlik haykali uzra 2,5 metr diametrli havo şarini kötarişdi, unda Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snoudenning surati aks etgan. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
"Butun dunyoni ommaviy kuzatuvdan ogoh qilgan axborotçi himoyasi uçun bundan yaxşi nima bölişi mumkin? Insonlarning şaxsiy hayot daxlsizligi va şaxsiy fikr bildiriş huquqini buzuvçi dasturiy ta'minotning mavjudligidan dalolat beruvçi hujjatlarni mardlarça jurnalistlarga topşirgan Edvard Snouden fuqarolarning şaxsiy erkinligi himoyaçisi sifatida namoyon böldi", - deyiladi Amnesty International'ning Fransiyadagi bölimida.
Huquq himoyaçilari uşbu aksiya orqali öz lavozimini tark etayotgan AQŞ prezidenti Barak Obamaning Snoudenni afv etuvçi hujjatga imzo çekişiga erişişmoqçi. Taşkilot ma'lumotlariga köra, Fransiyada mazkur mazmundagi petitsiya 132 ming kişi tomonidan imzolangan, butun dunyo böyiça esa - 1 milliondan ortiq kişi bu taşabbusni qöllab-quvvatlagan.
Edvard Snouden 2013 yilning iyun oyida Washington Post va Guardian gazetalariga AQŞ va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlarining kuzatuv dasturlariga doir bir qator maxfiy ma'lumotlarni topşirgan. Şundan söng u Hongkongga, u yerdan esa Moskvaga parvoz qilgan. Amerika hukumati uning pasportini bekor qildi. Bu Snoudenning yuridik jihatdan Rossiyani tark etişiga imkon bermasdi.
Keyinroq Moskva Snoudenga AQŞga qarşi faoliyatini töxtatiş şarti bilan vaqtinçalik boşpana berdi. 2014 yilning 1 avgustida u nafaqat Rossiya, balki uning taşqarisida ham sayohat qilişga imkon beruvçi 3 yillik turar-joy bilan ta'minlandi.













