Xitoyda bir kunda temir yöl orqali taşiladigan yölovçilar hajmi 24,6 foizga kötarildi. Bu haqida Ecns.cn naşri xabar berdi.
Yölovçilar oqimining keskin kötarilişi Qamariy taqvim böyiça Xitoy Yangi yilining (Bahor bayrami) kirib kelişi bilan boğliq. 2017 yilda bu bayram 28 yanvarga töğri kelmoqda.
Bahor bayrami kirib kelişidan bir hafta oldin har yili yuz millionlab xitoyliklar Yangi yilni oila davrasida qarşi oliş uçun öz qadrdon şaharlariga qaytişni odat qilişgan.
Manbaga köra, 13 yanvar kuni temir yöl böylab jami 8,6 million yölovçi harakatlangan, bu 2016 yilga qaraganda 1,71 million kişiga köpdir.
XXR Transport vazirligining taxminlariga köra, Bahor bayrami kelgunga qadar butun mamlakat böylab jami 2,98 milliard sayohat amalga oşiriladi. Ulardan 356 millioni temir yöl transportiga töğri keladi.













