Xitoyning Guansi-Çjuansk muxtor hududidagi Daxua-Yaosk muxtor uyezdida joylaşgan Xeçi şahri sudi mafiya taşkilotining 44 nafar a'zosini kazino taşkil qilganlik va boşqa jinoyatlar uçun turli muddatlarga qamaş haqida hukm çiqardi.
«Sinxua» agentligi xabariga köra, 2010 yildan 2014 yilgaça bölgan muddat davomida guruh a'zolari Içjou şahrida bir qator zöravonlik jinoyatlari sodir etişgan. Hukm qilinganlar şuningdek, tovlamaçilik, mahalliy korxonalar egalariga tahdid va şantajlar qiliş kabi jinoyatlar bilan şuğullangani aniqlangan. Mafiyaning daromadi oyiga örtaça 500 ming yuanni (73 ming dollar) taşkil qilgan.
Sud qaroriga köra, jinoiy guruh rahbarlari 25 yil va 22 yil muddatga qamaldi. Bundan taşqari ularning mol-mulki musodara etilgan.
Taşkilotning yana 42 a'zosiga 10 oydan 20 yilgaça bölgan qamoq jazolari berilgan.








