Italiya rasmiylari xabariga köra, operatsiya nafaqat Italiyada, balki Andorra, Gibraltar, Kayman orollari, Lyuksemburg, Şveytsariya, Livan, Monako va Ispaniyada ham ötkazilgan. Xususan, Sitsiliyada va Ispaniyaning Malaga şahrida keng kölamli tintuvlar ötkazildi va operatsiyada jami 150 dan ortiq kişi iştirok etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, rasmiylar naqd pul yaşirilgan joylarni topiş uçun dronlar va teplovizorlardan foydalangan, şuningdek, raqamli hamyonlar va kriptovalutalarni kuzatiş uçun IT mutaxassislarini jalb qilgan.

BBC muxbiri Sara Reynsfordning yozişiça, Italiya ommaviy axborot vositalari musodara qilingan narsalarni «Denaroning giyohvand moddalar ombori» deb ataydi, biroq musodara qilingan mablağ uning jinoiy tarmoği ulkan boyligining faqat kiçik bir qismini taşkil etadi.

Messina Denaro 2023 yilda saraton kasalligidan davolanayotgan klinikadan çiqayotganda hibsga olindi. U 30 yil davomida yaşirinib yurgan edi. Köp ötmay, u 61 yoşida qamoqda vafot etdi.

2002 yilda u 1992 yilda mafiya jinoyatlarini tergov qilgan prokurorlar Jovanni Falkone va Paolo Borsellinoni öldirgani uçun sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Ma’lum qilinişiça, keng kölamli operatsiya natijasida uç kişi hibsga olingan va Ispaniya, Gibraltar va Kayman orollarida köçmas mulkka sarmoya kiritiş bilan şuğullangan va guruhning noqonuniy harakatlari bilan boğliq bölgan sakkizta kompaniya aniqlangan.

Musodara qilingan mablağlar, ehtimol, mafiya tomonidan 40 yildan ortiq vaqt davomida olib borilgan giyohvand moddalar savdosidan olingan daromaddir. Rasmiylarga köra, ular bir qator aktivlar, jumladan, Ispaniya qirğoqlaridagi kurortlar orqali «yuvilgan».

Italiya mafiya va terrorizmga qarşi kuraş milliy prokuraturasi (DNAA) rahbari Jovanni Melilloning aytişiça, operatsiya nafaqat musodara qilingan mablağlar hajmi uçun «strategik ahamiyatga ega» bölgan.

«Operatsiyadan közlangan maqsad ham bir neça yil oldin mavjud bölgan jinoiy taşkilotning qayta tiklanişiga yöl qöymaslik edi», dedi u matbuot anjumanida.

Italiya moliya politsiyasining xabar berişiça, operatsiya Andorra rasmiylarining knyazlik hududida «katta moliyaviy resurslarga» ega bölgan italiyalik ayol (Sitsiliya orolida yaşovçi) haqidagi xabari bilan boşlangan.