Kolumbiya politsiyasi Lotin Amerikasidagi «Ndrangeta» jinoiy taşkiloti yetakçilaridan biri sanalgan italiyalik Juzeppe Palermoni hibsga oldi, deb xabar berdi AP. Rasmiylarga köra, u Janubiy Amerikadan Yevropaga kokain va boşqa giyohvand moddalar kontrabandasi yöllarini nazorat qilgan.

Palermo, şuningdek, Peppe nomi bilan ham tanilgan, Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan. U Kolumbiya, Italiya, Britaniya va Yevropol huquq-tartibot idoralari qöşma operatsiyasi çoğida poytaxt Bogota şahrida, köçada uşlangan.

Kolumbiya politsiyasi boşliği Karlos Fernando Triana sözlariga köra, Palermo öz ta’sirini xorijda faol ravişda yoyayotgan va Italiyadagi eng kuçli va yopiq jinoiy guruhlardan biri bölgan, Yevropaga kokain yetkazib beradigan «Ndrangeta» mafiyasi vakili hisoblanadi.

Qölga olingan şaxs nafaqat Kolumbiya, Peru va Ekvadorda katta miqdorda giyohvand moddalarni xarid qiliş bilan şuğullangan, balki Yevropa bozoriga giyohvand moddalarni yetkazib beriş uçun dengiz va quruqlik yöllarini ham nazorat qilgan.

BMT ma’lumotlariga köra, 2023 yilda dunyo böylab noqonuniy kokain işlab çiqariş rekord darajada 3708 tonnaga yetdi, bu 2022 yilga nisbatan 34 foizga köp. Ösiş birinçi navbatda Kolumbiyadagi koka plantatsiyalarining kengayişi bilan boğliq. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, giyohvand moddalarning maxfiy bozori, jumladan, kokain bozori aylanmasi yiliga 500 milliard dollardan oşadi.