Italiyada huquq-tartibot idoralari xodimlari Sitsiliya mafiyasiga qarşi operatsiya doirasida 180 kişini qölga oldi.

Politsiya ma’lumotlariga köra, qölga olinganlar köplab jinoyatlar, xususan, giyohvand moddalar savdosi, qotillikka uriniş, tovlamaçilik va öqotar qurollarni noqonuniy saqlaşda gumon qilinmoqda.

Italiya boş vaziri Jorja Meloni X ijtimoiy tarmoğidagi postida bu operatsiya «Sitsiliya mafiya klani Koza Nostra uçun kuçli zarba» ekanini ta’kidladi.

OAV xabarlari şuni ta’kidlaydiki, Koza Nostra bugungi kunda, bir tomondan, ötgan asrda işlab çiqilgan faoliyatni muvofiqlaştiriş usullarini qöllaydi va boşqa tomondan, kriptovaluta kabi zamonaviy texnologiyalardan faol foydalanadi.

Politsiyaning aytişiça, Koza Nostra hali ham Sitsiliya yoşlarini öziga jalb qilmoqda.