Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zaybakçi turk tomoni Rossiya va Turkiya örtasidagi munosabatlarning normallaşişi uçun barça işni qilganiga qaramasdan, Rossiya ikki davlatning yaqinlaşişi jarayonini çözayotganini aytdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
"Rossiya bilan xizmatlar va investitsiyalar masalasi böyiça muloqot faol va ijobiy yösinda davom etayotganiga qaramasdan, ikki davlat hamkorligi darajasi inqirozgaça bölgan darajaga hali qaytmadi", deb aytgan Zaybakçi.
Jumladan, uning aytişiça, mahsulotlar sifat darajasi saqlanib qolganiga qaramasdan, Turkiyadan qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportiga çeklov amal qilmoqda, mahsulotlar yetkazib berişdagi kvotalar va Turkiya fuqarolarining Rossiyada işga joylaşişi uçun ruxsat berişda muammolar mavjud.













