Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AP: Janubiy Koreya prokuraturasi suddan Samsung vitse-prezidentini hibsga olishni so‘ramoqda
Li Chje Yon / Foto: Interfaks
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung kompaniyalari guruhiga amalda rahbarlik qilayotgan vitse-prezidenti Li Chje Yonni hibsga olish bo‘yicha mamlakat sudiga so‘rov yuborgan. U mamlakat prezidentligidan vaqtincha chetlashtirilgan Pak Kin Xe atrofidagi kishilarning korrupsiyasiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Associated Press (AP) xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, prokuratura, shuningdek, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri va Milliy pensiya jamg‘armasi (MPJ) raisi Mun Xen Pxega nisbatan ayblov e'lon qilgan. U 2016 yil dekabrida qo‘lga olingan edi. Mun Ken Pxe Samsung kompaniyasining ikki sho‘'ba korxonasi birlashishi uchun MPJga bosim o‘tkazganini tan olgandi.
Samsung kompaniyalari guruhiga amalda boshqarib kelayotgan vitse-prezident Li Chje Yonni hibsga olish masalasi, u 13 yanvarda 22 soat mobaynida so‘roq qilinganidan so‘ng, kun tartibga chiqqani aytilgandi.
Li Chje Yon Samsung kompaniyasining prezidenti, otasi Li Gon Xi xastaligi sababli, bir necha yillardan buyon uning vakolatlarini bajarib keladi. Tergov taxminiga ko‘ra, Li Chje Yon respublika prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi Chxve Sun Silga moliyaviy ko‘mak berish masalasi bo‘yicha shaxsan qaror chiqargan.
Mavzuga oid
08:42
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
21:00 / 25.02.2026