2016 yilning noyabrida sönggi tört yilda Özbekiston Kikboksing Assotsiatsiyasida röy bergan juda qiziq holatlar foş böldi. Sportçilarni qöllab-quvvatlab, kikboksingni rivojlantiriş örniga bu yerda qandaydir tuşunarsiz valyuta operatsiyalari, qarindoş-uruğçilik, korrupsiya va hattoki turistik sayohatlar yölga qöyildi.

Barça "mö'jizalar" Assotsiatsiya boşqaruvi Şerzod Tursunxonov qöliga ötganidan keyin yuz bera boşlandi. Oçiği, qiziq şaxs. Avval u "valyutaçi" Umar-şer nomi bilan maşhur edi - aynan şu nom ostida u uyuşgan jinoiy guruh tarkibida faoliyat yuritgan va xorijiy valyutani noqonuniy yöl bilan sotib oliş bilan şuğullangan. Qanday yöl bilan bilmadimu, lekin 2012 yilda katta köça firibgari uşbu Assotsiatsiya boşqaruvini qölga oldi va u yerda özining, köça-kriminal tartibini örnata boşladi. 

Birinçi navbatda, Assotsiatsiyada byudjyet va homiy vositalarini "arralaş" tizimi yölga qöyildi. Biroq Umar-şerga buning özi kamlik qildi, şu bois u yana bir sxemani kiritdi - xorijdagi turnirlarda iştirok etişni istagan sportçilarni saralaş. Ma'lum bölişiça, Tursunoxunov şu yöl bilan haqiqiy oltin koniga yöl  topgan. 

Biroq Kikboksing Assotsiatsiyasida bunday tartib barçani birdek qoniqtirmagan. Qöpol va takabbur rahbar Tursunoxunov tahdid va qörqitiş yöli bilan taşkilotda "avtoritar" rejim örnata boşladi. Şunisi qiziqki, bunday sifatlar uning islom diniga bölgan qiziqişi bilan uyğunlaşgan edi. Terma jamoa tuzişda murabbiylar fikri bilan hisoblaşmagan rahbar respublikada kikboksing rivoji uçun zarraça ham hissa qöşmadi. Şuning uçun Assotsiatsiya rahbari lavozimidagi faoliyati davomida murabbiylar va sportçilar işonçini qozona olmadi. Qörqita olmagan va öziga böysundira olmagan kişilarni esa şunçaki işdan böşata boşladi. Şunday qilib, 2012 yildan buyon rahbarning ota-onalar va homiylardan pul yiğişga doir buyruğini bajarişdan boş tortgan bir qator tajribali murabbiy va viloyat bölimlari rahbarlari Assotsiatsiyani tark etişdi. 

Şerzod Tursunoxunovning foş qilingan firibgarliklaridan biri alohida e'tiborga loyiq - 2016 yilning may oyida Vengriyada bölib ötgan Kikboksing böyiça Jahon kubogi. Assotsiatsiya rahbari avval tasdiqlangan kikboksçilarni delegatsiya tarkibidan olib taşlab, ularning terma jamoadagi örnini 1200 AQŞ dollariga "pulladi". 

Natijada, bundan norozi bölgan ba'zi sportçilarning ota-onalari adolat qaror topişiga umid qilib, huquq-tartibot organlariga murojaat qilişdi. Şundan söng Assotsiatsiya faoliyatini dastlabki tekşiriş işlari yölga qöyildi, şu asnoda aniqlangan qonunbuzarliklar uçun Tursunoxunov ma'muriy javobgarlikka tortildi. 

2014 yilning iyunida bundan-da qiziq voqea röy bergan. Öşanda Italiyada xalqaro turnir bölib ötayotgandi. Turnir oldidan Tursunoxunov har bir çetga çiquvçi sportçidan naqd pulda 3 ming dollar talab qilgan. Aftidan, jinoiy ötmişi Umar-şerni tinç qöymagan körinadi, şu bois u avvalgi usullarini yana qöllaşga qaror qilgan. Ularning pasporti evaziga sömga konversion plastik kartalarga 2 ming dollardan xarid qilindi, naqd pullar esa özlaştirildi.