"1948 yil Falastin islom harakati" yetakçisi şayx Rayod Saloh Isroil turmasida 9 oy qamoqda uşlab turilgandan keyin ozodlikka çiqarildi. Bu haqda "Anadolu" axborot agentligiga uning advokati Saloh Xolid Zabarik ma'lum qildi. 

Advokatning aytişiça, Salohning hozirda qayerdaligi haqida heç narsa ma'lum emas. "Biz Salohni Rimon turmasi darvozalari oldida kutmoqdamiz. Biroq, avvalroq, u boşqa turmaga ötkazilgan bölişi mumkin va ozodlikka öşa yerdan çiqadi. Biz Isroil hukumatidan bu haqda ma'lumot olişga harakat qilmoqdamiz", deb aytgan advokat.

Saloh "zöravonlikka undaş" aybi bilan 11 oylik qamoq jazosiga mahkum qilinib, bir kişilik kamerada saqlangan.

Salohga ayblov qöyilişi u 2007 yilda Isroil hukumatini Qudusdagi Al-Aqso masjidiga olib boruvçi yölni buzgani uçun tanqid qilgani bilan boğliq bölgan.