Italiyaning markaziy qismida yana bir kuçli zilzila sodir böldi. 

Corriere della Sera xabariga köra, kunning birinçi qismida kuzatilgan 5,3-5,7 balli zilziladan keyin 1 soat ötib şu hududda 5,4 balli ikkinçi zilzila röy berdi.

Qayd etilişiça, bu hududlarda (Latsio, Abrutstso va Marke viloyatlari) bolalar öquv binolaridan evakuatsiya qilingan. Rim şahrida metro faoliyati yölovçilar xavfsizligi uçun töxtatilgan.

Hukumat aholidan uylarini tark etişni va qutqaruvçilar binolarning bardoşligini tekşirmaguniça köçalarda qolişni söramoqda.

Hozirça qurbonlar va jabrlanuvçilar haqida ma'lumotlar kelib tuşmadi.

Eslatib ötamiz, 2016 yilning 24 avgustida Italiyaning Markaziy qismida 6,6 balli zilzila röy berdi. Bu kuçli zilzila oqibatida Amatriçe, Akkumoli va Arkuate şaharlarida 300ga yaqin kişi halok böldi, minglab uylar vayronaga aylandi. Oktyabr oyida ham mamlakatda zilzilalar sodir böldi va önlab kişilar jarohatlandi.