Sönggi paytlarda bir qator naşrlarda 2017 yildan boşlab avval Haj va Umraga borgan fuqarolar endilikda katta va kiçik haj ziyoratiga bora olmasligi haqida ma'lumotlar paydo böldi. Unda aytilişiça, bu haqdagi qaror “Haj” va “Umra” tadbirlarini taşkil etiş hamda ötkaziş masalalari böyiça Jamoatçilik kengaşi tomonidan 15 dekabr kuni qabul qilingan.
Kun.uz sayti uşbu masala yuzasidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoşidagi Din işlari böyiça qömitaga murojaat qildi.
Bizga yöllangan maktubda aytilişiça, Özbekiston musulmonlari idorasi, “Nuroniy” jamğarmasi, “Mahalla” fondi takliflariga binoan hamda özbek xalqining bağrikeng va insonparvarlik tamoyillariga asoslanib, joriy yilda mazkur kengaş tomonidan bir va undan ortiq marotaba haj va umra safarlariga borgan şaxslarning muborak ziyoratlarga borişlari keçiktirib turilişi haqida qaror qabul qilingan.
Mazkur qarorning qabul qilinişida respublika miqyosida muborak umra va haj safarlariga boriş istagini bildirgan fuqarolar sonining tez sur'atlarda ortib borişi, mustaqillik yillarida fuqarolar turmuş darajasining yuksalişi, aholi sonining ösişi, ular tomonidan haj va umra safarlariga boriş istagida amaliy yordam sörab köplab murojaatlar qilinişi ham e'tiborga olingan.
Ayni paytda ta'kidlaş joizki, islom dini ta'limotlariga köra har bir insonga umrida bir marta haj ziyoratini amalga oşiriş (haj safari davomida umra ziyorati ham bajariladi) farz qilingan. Bunda albatta uning soğlom va iqtisodiy jihatdan yaxşi ta'minlangan bölişi belgilangan. Şuningdek, Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) ham Arabiston yarim orolida yaşagan bölsalarda umrlarida bir marta haj amalini bajarganliklari tarixdan ma'lum.
Aksariyat musulmon mamlakatlarida, jumladan, Saudiya Arabistoni Podşohligida ham öz fuqarolariga 5 yilda bir marta haj qilişlari mumkinligi qat'iy belgilab qöyilgan.
“Umid qilamizki, yurtdoşlarimiz haj va umra ibodatlarini ado etmagan fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratib beriş maqsadida Jamoatçilik kengaşining umra va haj safarlarini taşkil etiş bilan boğliq bu yilgi qarorini töğri tuşunadilar”, - deyiladi maktubda.
Avvalroq, özbekistonlik fuqarolar uçun haj kvotasi deyarli 40 foizga oşirilgani haqida xabar bergandik









