Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni haj va umra işlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqotda musulmon olamining muqaddas ziyoratgohlariga safarlarni taşkil etiş borasida özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, şu jumladan Özbekiston fuqarolarining Saudiya Arabistonida bölişi bilan boğliq yanada qulay va şinam şaroitlar yaratiş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuv avvalida haj va umra işlari vaziri Özbekiston prezidentiga ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va valiahd, mamlakat boş vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Saudiya delegatsiyasining bu taşrifi joriy yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga amalga oşirilgan tarixiy ahamiyatdagi davlat taşrifi davomida oliy darajada erişilgan kelişuvlarning davomi ekani ta’kidlandi.

Suhbat çoğida Özbekiston fuqarolari uçun yillik haj kvotasini ikki barobar – 24 ming nafargaça, umra kvotasini esa 100 ming nafargaça oşiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oşirişga kömaklaşiş, raqamlaştiriş sohasida ilğor tajribani joriy qiliş, saudiyalik turistlarning yurtimizda bölişi uçun vizasiz tartib joriy qilinganini hisobga olgan holda ularning Özbekistonga safarlarini köpaytiriş, ikki mamlakat yetakçi ilmiy-tadqiqot markazlari örtasida şeriklik aloqalarini yölga qöyiş masalalari ham körib çiqildi.