Internet orqali tovar va xizmatlar sotiş aylanmasi böyiça dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblangan Amazon har yili xaridlarni yengillaştiruvçi yangiliklari bilan kişilarni hayratga soladi. The verge naşrida şu mavzuda söz yuritildi.
Avval u yoki bu tovarni sotib oliş imkonini beruvçi simsiz tugmalar, internet-dökonlarda xarid qilingan mahsulotlarni yetkazib beruvçi dronlar va hisobçilar, sotuvçilar hamda navbatlarsiz işlaydigan oziq-ovqat dökonlari bölgan bölsa, keyingi qadam - egasining xaridlari, uning talablari va ehtiyojlarini tahlil qila oladigan, bundan kelib çiqib kerakli mahsulotlar röyxatini mustaqil tuzadigan va zamonaviy dasturiy ta'minot hamda internet orqali öz vaqtida dökonlarga buyurtma bera oladigan aqlli muzlatgiç bölişi kutilmoqda.
Kompaniya vakillarining sözlariga köra, mahsulotlarning bunday tizim orqali yetkazib berilişi bir soatdan ortiq vaqt olmaydi. Boz ustiga "Aleks" intellektual yordamçisi haqida unutmaslik kerak - u foydalanuvçining gastronomik sörovlarini tinglaydi va buyurtmani "sehrli tayoq" usulida ijro etadi. Aftidan bunday muzlatgiçning oldida gaplarni ham öylab gapiriş kerak böladi, çunki u har qanday buyruqni sözsiz bajarişga tayyor.
Bir kişining moliyaviy imkoniyatlari har doim ham birdek bölmasligi mumkin. Biroq "aqlli" muzlatgiç şunisi uçun ham aqlliki, u egasining joriy vaqtdagi moddiy ahvoli va boşqa hayotiy omillarini inobatga olişni örganadi. Şuni ta'kidlaş joizki, internet-gigant muzlatgiçlarni işlab çiqariş bilan bir özi mustaqil şuğullanmaydi, buning uçun Amazon jahonga maşhur Samsung va LG kompaniyalari bilan hamkorlik munosabatlarini rasmiylaştirmoqda.












