Janubiy Koreyaning Samsung Group tarkibiga kiruvçi asosiy kompaniyalarining aksiyalari, mamlakat sudining qaroridan söng, keskin kötarilib ketdi. Koreya sudi Samsung vitse-prezidenti Li Çjye Yonni hibsga oliş böyiça prokuratura sörovini rad etiş töğrisida qaror qabul qilgan edi. Xususan, Samsung Electronics aksiyalari 2,6 foizga, Samsung C&T qimmatli qoğozlari 3,66 foizga qimmatlaşgan.
Avvalroq, Janubiy Koreya respublikasi sudi Samsung Electronics vitse-prezidenti Li Çje Yonni hibsga oliş uçun order beriş talabini rad etgani haqida xabar qilingan edi. Ma'lumki, Li Çje Yon mamlakatning işonçsizlik bildirilgan prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiya mojarosiga doir işda gumonlanuvçilardan biri sifatida qatnaşmoqda.












