Mana ön kundirki, Samarqand aholisi elektr energiyasining tez-tez öçirilişidan aziyat çekmoqda. Heç kim elektr quvvati qaçon öçişini oldindan taxmin qila olmaydi. Ba'zan, har 2-3 daqiqada yoki 5-15 daqiqa yoruğlik manbaidan mahrum qilişadi va qayta ulaşadi. Bularning bari, göyoki insonlarni qasddan mazax qilayotgandek taassurot uyğotadi. Nima qiliş kerak, kimga murojaat qiliş lozim? Nuz.uz saytida e'lon qilingan maqolada, muallif T. Raxmatullayev şunday savol bilan murojaat qiladi?

Uning yozişiça, 12 yanvar kuni «Samarqand (viloyat) hududiy elektr tarmoqlari qorxonasi» OAJ direktori Ğulom Primov qabulida bölgan. Jurnalist elektrenergiyasining tez-tez öçirilişi sababiga oydinlik kiritişni xohlagan. Direktor bu masala sababini ma'lum qilib, Sirdaryo elektrstansiyasida yuz bergan avariya tufayli agregatlardan biri 3 kun mobaynida işlamagan. «Hozirda stansiya töliq quvvat bilan işlamoqda va yoruğlik manbai bilan boğliq muammo hal etiladi», - degan oçiq aksiyadorlik jamiyati rahbari işonç bilan.

Afsuski, öşa kundan beri heç narsa özgargani yöq, -deya qayğuradi muallif hamda öz sözlarining isboti sifatida elektrenergiyasining 13 yanvardagi uziliş va ulaniş vaqtlarini qayd qilgan jadvalni havola qiladi.

Bu jadvaldan köriş mumkinki, elektr kelişi va uzilişi örtasida, asosan, 1-3 daqiqa farq bor! Tasavvur qiling, bu insonning asabiga qançalik tegişini. Uyida generatori bölgan tanişimning aytişiça, deb yozadi maqola muallifi, apparatga endi yetib borganda, tok keladi, öçirganda, elektrenergiyasi ham öçadi.

Muallif 16 yanvar kuni şahar elektr tarmoğida bölgan va uning rahbari Alişer Mutalibov bilan uçraşgan. Elektrenergiyasidagi uzilişlar xususida sözlagan rahbar energiyaning yetmayotganini tan olgan.

«Nima uçun bu narsani heç kim oçiqça tan olmaydi va oşkora gapirmaydi?», - degan savol esa javobsiz qolgan. Agar odamlar yuzaga kelgan vaziyat sabablarini bilganida, bunçalik aziyat çekişmas, balki ahvolni töğri tuşunişgan bölarmidi?

Muallif viloyat elektr tarmoği rahbari Primovga bildirgan taklifini A.Mutalibovga ham bildirganini aytadi. Taklif şundan iboratki, işlab çiqarilayotgan energiya yetişmayotgan ekan, şahar böyiça jadval işlab çiqilib, aholini undan xabardor qilinsa, toki qaçon, qaysi soatda elektrenergiyasi bölmasligini bilgan xalq, şunga qarab işini rejalaştirişiga imkon bersa böladi-ku? Ma'lum bölişiça, Namanganda ayni tajriba hayotga tatbiq etilgan ekan. Bu haqda ma'lum qilgan jurnalist Anastasiya Lebedeva, «keça keçqurun faqatgina 15 daqiqaga öçirişdi», deya qayd etgan edi. Bu taklifni tinglagan suhbatdoş, ayni vaqtda bu masala örganilayotganini aytgan. Mutalibovga köra, ikki yil muqaddam, Primov ham şu haqda söz yuritgan …

Maqola muallifi bölgan jurnalist, öşa kuni Mutalibov qabuliga bir neça odam kelganiga guvoh bölgani haqida yozadi. Biroq, şahar elektr tarmoği rahbari heç kimga biror söz demasdan qayoqqadir keta boşlagan.

U jurnalistning «şunça inson qabulingizga kiriş uçun ertalabdan navbatda turibdi, siz nimaga ketyapsiz?», degan savoliga vazir örinbosari kelib, uçraşuvga çaqirayotganini rökaç qilgan. Jurnalist unga, soat 11 gaça odamlarga qabul qilişi şart ekanini xotirlatganiga javoban, Mutalibov «men nima qilişim kerak, vazir örinbosari kutib ötirmaydi», deya javob bergan va xonasidan çiqib ketgan.

Muallif, qabul kelgan fuqarolar taşvişlari, muammolari bilan qiziqqan. Ular bir neça bor şahar elektr tarmoğiga murojaat qilganiga qaramay, elektr energiyasi tarmoğidagi nuqsonlar bartaraf etilmayotgani, muammolar hal etilmayotganidan nolişgan.

Raxmatullayevning aytişiça, maqolada elektrenergiyasi tez-tez öçiriladigan mahallalarni nomma-nom qalamga olişning keragi yöq. Çunki, şahar böyiça deyarli şu ahvol. Samarqand viloyatining qişloq joylarini esa, gapirmasa ham böladi. Eng yomon holat esa, 16 yanvar kuni böldi, deb yozadi muallif. Köplab mahallalarda kunböyi tok bölmagan. Xususan, Boğimaydon mahallasida tonggi 6:30da öçirilgan elektrenergiyasi 17:00da kelgan. Şundan söng, keçki 22:00gaça yana 6 marta öçirilgan.  Obirahmat va Kirça mahallalarida ham şunday vaziyat qayd etilgan.

Raxmatullayev, maqolasini davom ettirar ekan, şaharliklarning fikrlarini ham keltirib ötadi. Jumladan professor Xurşid Samibayev şunday degan: «Men 80 yoşdaman. Nima qiliş kerak? Bizning Sözangaron mahallamiza na elektr bor, na tabiiy gaz. Yaqinda közimdan jarrohlik amaliyoti ötkazdim. Bunday şaroitda, zörğa tuzalayapman. Şaxsan boşqarmaga borolmayman, telefon qilsam, heç kim javob bermaydi. Nima qilaylik? Çiroqsiz va issiqlik manbaisiz qişni qanday ötkazaylik?».

Nataliya Marmazinskaya: «Sevali ("8 Mart" fabrikasi qarşisida) mahallasida, Şota Rustaveli va Al Xorazmiy köçalarida ham şu ahvol. Bolalarga açinaman, nima qoronğu xonalarda yaxşi ta'lim ham olişolmaydi. Uyga vazifalarini köngildagidek bajarişolmaydi. Ertalab, odamga öxşab nonuşta qilişolmaydi. Bolalar uçun uzluksiz asabbuzarlik va köriş qobiliyatining buzilişi. Bunday asabbuzarlik kattalar uçun keragidan ortiq. Endi şifoxonalarni bir öylab köring! Keksalarga açinaman. Samarqandliklarning barçasiga açinaman. Bu hol esa bir neça yillardan beri davom etib kelmoqda. Nahotki, şunça yillar mobaynida vaziyatni önglaşning imkoni va odamlarga azob bermaslikning iloji bölmagan?!».

Feruza Şarapova: «Uç marta Prezident portaliga qönğiroq qildim. Uç kundan söng, dastlab qönğiroq qilişdi, söngra manzil böyiça kelişdi. Uzr söraşdi, elektrtarmoği va gazçilar bilan masalani oydinlaşib olişini aytişdi. Ammo, natija yöq. Kuni keça, menga maktub yöllaşibdi. Unda, murojaat qilgan masalam ijobiy hal qilinganmiş. Aslida, unday emas! Elektrenergiyasi va gaz muammosini heç kim hal qilgani yöq. Aksinça, battar böldi. Endi, öşa işçilar, qayoqqa, yozsang yoz, deya tahdid ham qilişmoqda».

Köpçilik aholi esa, şaharda önlab köp qavatli uylar, şahar atrofida namunali uylarni qurişdan avval, ularning elektr ta'minoti haqida, nahotki, öylaşmagan bölsa?, degan savollarni ham berişmoqda?

Vujudga kelgan vaziyat nafaqat aholiga noqulaylik tuğdirmoqda, balki korxonalar, taşkilotlar, ta'lim, maktabgaça tarbiya va tibbiy muassasalari, banklarning bar maromda işlaşiga xalaqit bermoqda.

Aholining köp sonli murojaatlariga esa, mahalliy hokimiyat organlari,  «Özbekenergo» AK, uning joylardagi bölimlari na javob beradi, na sababini tuşuntiradi. Eng yaxşi holatda, kabelga zarar yetgani, aholining, tabiiy gaz yöqligi tufayli elektr isitgiçlardan ommaviy foydalanayotganini rökaç qilişadi. Masalan, «Özbekenergo» muallif murojaatlaridan biriga yöllagan javobida, elektrenergiyasidagi uzilişlar uçun boş aybni aholi zimmasiga yuklagan edi. Ya'ni, unga köra, aholi qişning qironli kunlarida qölbola isitiş qurilmalaridan foydalanayotgan ekan.

Ammo, kunduz kunlari havo iliq bölmoqda. Şunga köra, aholining ommaviy ravişda elektr uskunalaridan foydalanişi tok uzilişlariga sabab böla olmaydi. Şu bilan birga, «ommaviy qarzdorlik» ham bunga sabab bölişi mumkin emas. Çunki, har bir mahallada, aksariyat fuqaro foydalangan elektrenergiyasi uçun öz vaqtida tölaydi. Vijdonsizlar borasida esa, ularni aniqlab, qonun böyiça jazolaş lozim. Ular sababli, qonunga rioya qiluvçilar jabr çekişi kerak emas-ku, axir.

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş natijalari va 2017 yil iqtisodiy dasturining dolzarb yönalişlariga bağişlangan kengaytirilgan majlisida, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev adolatli savolni qöygan edi: ««Özbekenergo» AJning işçilari soni – 67 ming kişi, şu jumladan, tölovlarni «yiğuvçilar» bölişiga qaramay, ulkan debitorlik qarzlari borligini qanday tuşiniş mumkin?»

Davlat rahbarining uşbu çiqişidan söng, aholida, nihoyat, davlat mulozimlari ularning sözlarini tinglaşiga doir umid uyğondi.

Şunday özgarişlar kutilayotgan bir vaqtda, «Özbekenergo» AJ rahbariyati va işçilari, Samarqand hokimiyati vakillari aholi bilan oşkora muloqotni yölga qöyib, elektrenergiyasidagi uzilişlar sababini oçiq-oydin tuşuntirişadi. Balki, yuzaga kelgan vaziyatni yaxşilaş borasida amaliy çoralar ham körilar hamda qadimgi va hamişa navqiron Samarqand zulmatdan yoruğlikka çiqar?