Turkiya hukumatining fikriça, Suriya inqiroziga uşbu mamlakat prezidenti Başar Asadsiz barham berib bölmaydi. Bu haqda Davos forumi doirasida Turkiya boş vazirining örinbosari Mehmet Şimşek söz yuritgan.
"Suriya xalqining aziyatiga Asad aybdor, ammo biz pragmatik bölişimiz, haqiqatga tik boqişimiz kerak. Vaziyat keskin özgardi, şu sababli Turkiya inqirozga Asadsiz barham berişni boşqa ta'kidlay olmaydi. Bu imkonsiz", - degan Şimşek.
"Öylaymanki, biz imkoniyatimizdagilardan foydalanişimiz kerak. Rossiya, Eron, Turkiya va AQŞ ayni şunday qilmoqda", - degan Turkiya hukumati vakili.
2016 yil 30 dekabridan Suriyaning butun hududi böylab harbiy harakatlarga barham beriş tartibi kuçga kirdi. Kelişuvga hukumat qöşinlari va muxolifatning 60 mingdan ortiq bölgan qurollangan kuçlari qöşilgan. Rossiya va Turkiya özaro sulh kafolatlari hisoblanadi.
23 yanvarda Ostonada Suriya tinçlik muzokaralari bölib ötişi rejalaştirilgan. Şimşekning qayd etişiça, Ostonadagi sammitdan umid katta.
Eslatib ötamiz, Suriya inqiroziga tinç muzokaralar yöli bilan barham beriş böyiça Qozoğiston poytaxtida köptomonlama muzokaralar bölib ötadi. Unda, Rossiya, Turkiya, Eron va Suriya vakillari iştirok etadi. AQŞ hukumati sammitga taklif etilgan.












