
Keçagina fantastika olami texnologiyalari bölib tuyulgan jihozlar, bugungi kunda haqiqatga aylanmoqda. Biz har yili yanvar oyida Las-Vegasda bölib ötadigan CES iste'mol texnologiyalari körgazmasida bunga amin böldik.

Inson ongini lol qoldiruvçi uşbu ajoyib tomoşa kompaniyalarning elektron sanoatidagi erişgan yutuqlarini namoyiş etdi. Körgazma doirasida işlab çiqaruvçilar, kelasi 5-10 yil hayratlanarli va juda qulay bölişini isbotlaşdi. Xususan, virtual va haqiqiy dunyoni boğlovçi elektron tarmoqqa ulana oladigan internet buyumlar (IoT) sohasini alohida qayd etiş mumkin. Ayniqsa, bu borada yil sayin texnologiyalarni rivojlantirişning yangi usullarini topayotgan LG Electronics kompaniyasi ajoyib mahsulotlarini namoyiş qildi.

Masalan, LG Smart Insta View muzlatgiçi bilan uyingizdagi eng sevimli va şinam joy – oşxonangiz yanada qulay böladi. Tasavvur qiling, muzlatgiç eşigini ikki marta taqillatiş bilan sensorli ekranda uning içidagi mahsulotlarning suratini körişingiz mumkin! Bundan taşqari, uşbu oddiy maişiy texnika qator foydali funksiyalarga ega. Ularni Amazon kompaniyasining Alexa Voice Service ovozni taniş xizmati vositasida işga tuşiriş mumkin. Endilikda, muzlatgiç mahsulotlarni nafaqat saqlaydi va muzlatadi, balki taom tayyorlaş usulini taqdim qilişi, musiqa ijro etişi, Amazon saytida mahsulotlarga buyurtma berişi, zaruriy mahsulotlar röyxatini tuzişi, taymerni belgilaşi mumkin. Bu hali hammasi emas. Smart Tag menyusi muzlatgiçda qanday mahsulotlar saqlanayotganini va ularning yaroqlilik muddatini körsatuvçi yorliq va stikerlarni ham qöşiş imkonini beradi. Endilikda siz, muzlatgiçning bir burçagida turgan pişloq neça yil saqlanganini bilişingiz mumkin böladi. Yana bir qulay jihati, muzxonadagi mahsulotlarni smartfon orqali köriş imkoniyatidir. 2.0 megapikselli kamera yordamida siz dökonda turgan holingizda nima xarid qiliş kerakligini osonlik bilan aniqlay olasiz.
Telefon orqali boşqariş imkonini beradigan kir yuviş maşinasiga nima deysiz? Işdan qaytişdan yarim soat avval işga tuşirsangiz, uyga kirgaç, yuvilgan kiyimlarni dorga osib çiqiş qoladi, xolos.








