Amerikalik taniqli aktyor Migel Ferrer 62 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda ABC bugun xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, u Los-Anjyeles şahridagi öz uyida 19 yanvar kuni vafot etgan.
Ferrer «C.S.I. Jinoyat joyi», «Dengiz politsiyasi: Los-Anjyeles» kabi bir qator maşhur seriallarda öynagan rollari sabab tanilgan. Uning eng maşhur roli esa rejissyor Devid Linçning «Tvin Piks» köp seriyali filmidagi FQB agenti Albert Rozenfeld obrazi bölgan. Filmning yangi mavsumi premerasi 21 may kuniga belgilangan.
Migel Ferrer Santa-Monika şahri (Kaliforniya ştati, AQŞ)da 1955 yilning 7 fevral kuni tuğilgan. U asli kelib çiqişi Puerto-Rikodan bölgan oilada beş farzandning kattasi bölgan. Otasi - aktyor Xose Ferrer «Oskar» kinomukofoti sohibiga aylangan. Şuningdek, Migel Ferrer amerikalik maşhur kinoartist Jorj Klunining qarindoşi sanalardi.









