Rejissyor Devid Linç “Tvin Piks”ning yangi seriyasini Devid Bouiga bağişladi, deb xabar bermoqda The Guardian.

Boui “Tvin Piks: Olovlardan ötib” (1992) filmi – asl serialning prikvelida suratga tuşgan. U Federal qidiruvlar byurosi agenti Filipp Jyeffris rolini ijro etgandi.

Aktyor Harri Goazning sözlariga köra, Boui yangi “Tvin Piks”da paydo bölişi mumkin edi, biroq öz sahnalarida rol ijro etişga ulgurmadi (musiqaçi 2016 yilning yanvarida hayotdan köz yumgan).

Ammo Linç Jyeffrisni yangi mavsumga qöşiş imkonini topdi. U buning uçun arxiv materiallaridan foydalandi.

Avvalroq Devid Linç zamonaviy kinosanoatdan hafsalasi pir bölgani va 2006 yilda çiqqan töliq metrajli filmi – “Içki imperiya” eng sönggi asari bölib qolişini ma'lum qilgandi.