Samsung kompaniyasi mutaxassislari Galaxy Note 7 smartfonlarining öz-özidan portlaş sabablarini oşkor qilişdi. The Wall Street Journal kompaniyadagi manbasiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Avval taxmin qilinganidek, portlaş sabablari akkumulyatorlarda bölgan. Manbaning xabar berişiça, ba'zi modellarda batareya haddan taşqari katta bölgan va bu uning qizib ketişiga olib kelgan. Nosozlik faqatgina Samsunğga qaraşli korxonada işlab çiqarilgan akkumulyatorlarda emas, balki Hongkongda işlab çiqariluvçi Amperex Technology batareyalarida ham aniqlangan.
Tergovda Samsung bilan birga mustaqil ekspert sifatida iştirok etgan bir neça begona kompaniyalar ham qatnaşgan. Rasmiy hisobot 23 yanvar, duşanba kuni çop etiladi.
Galaxy Note 7 modeli 2016 yilning avgustida sotuvga çiqqan va köp sonli portlaş holatlari aniqlanganidan keyin sotuvdan olingan.












