Olimlar Ğarbiy Antarktika muzlari ostida bir neça ön yoriqlar yaşiringanini aniqlaşdi, ularning çuqurligi deyarli bir kilometrga yetadi. Geophysical Research Letters jurnalida şu mavzuda maqola taqdim etildi.
"Endi biz Ğarbiy Antarktikadagi bu ulkan muzliklar tagida nima yaşiringanini yaxşiroq tuşuna boşlayapmiz. Bu tuzilmalar biz taxmin qilganimizdan-da bir neça yuz va hatto ming metr çuqur bölib çiqdi. Ular bizga muzliklarga boğliq hodisalarni oldindan taxmin qiliş va okeanlarning iliq suvi muzliklarni pastdan qanday yemirişi haqida ma'lumot olişga yordam beradi", - dedi Irvindagi Kaliforniya universiteti olimi Romeyn Millan.
Antarktikaning muz qatlami yiliga 2,8 ming kub kilometr muzni yöqotadi, sönggi ön yillikda muz qatlami borgan sari tezroq qisqarmoqda. Uzoq vaqt davomida bu aysberglarning jadal şakllanişi tufayli röy berayapti, deb hisoblanayotgan edi, biroq amerikalik iqlimşunoslar 2013 yilning iyunida "yöqolgan" muzlar hajmining yarmidan köproği Antarktika muz qatlamining suv osti qismini öziga xos daryo-kanallari orqali yuvib ötuvçi iliq oqimlar tufayli eriganini aniqlaşdi.
Millan va uning hamkasblari bu kanallarning qayerdan paydo bölgani va ularning real ölçamlarini aniqlaşdi. Ular NASA IceBridge loyihasi doirasida töplagan suratlarni örganib çiqişdi, 2009-2016 yillar mobaynida Antarktika muz qatlamini geodezik samolyotlar yordamida kuzatişdi.
Uşbu suratlar va radar ma'lumotlarni taqqoslab, olimlar muzlikning bir qismi qayergadir izsiz yöqolayotganini aniqlaşdi. Bu ularni eski ma'lumotlarni qayta tekşiriş va gravmetrik ma'lumotlarni qöllab, yangi xarita tuzişga majbur qildi.
Bu xarita olimlar kutganidek bölib çiqmadi - ma'lum bölişiça, Antarktika muzliklari ostida 500-1200 metr çuqurlikdagi ulkan yoriqlar tarmoği yaşiringan ekan. Amudsen dengizi qirğoqlaridagi Kross va Dotson kabi muzliklar tagida Janubiy okeanning nisbatan iliq suvlari bilan tölgan butun bir "vodiy" va ğorlar yaşiringan bölib çiqdi.
Yoriqlar orasidan ötuvçi suv ularning erişini tezlaştiradi, bu muzliklarning nima uçun kutilganidan tez qisqarayotganiga sabab böladi.
Olimlar kelajakda nimalar röy berişi mumkinligi borasida aniq fikr bildirişga şoşilişmayapti, biroq ular bunday tuzilmalar Ğarbiy Antarktika muzliklari qulaşi ehtimolini sezilarli darajada oşirişi va dengiz sathi yuz yillik oxiriga borib, biryöla 1,2 metrga kötarilişini taxmin qilişmoqda.












