WMO ma’lumotlariga köra, 2024/2025 gidrologik yili butun kuzatuvlar tarixidagi muzliklar uçun eng vayronkor yillardan biri böldi. Ularning hajm yöqotişi 1950 yildan beri eng yomon beştalikka kirdi, rekord darajadagi salbiy körsatkiçlarning aksariyati 2016 yildan keyin qayd etilgan.
Ayniqsa, bu jarayonlar Markaziy Osiyo uçun katta xavf tuğdirmoqda. Pomir, Tyan-Şan va Hindikuş muzliklari mintaqaning eng yirik daryolari - Amudaryo, Sirdaryo, Zarafşon va Panjni töyintiradi, Qirğiziston, Qozoğiston, Özbekiston, Tojikiston va Turkmanistonning suv ta’minoti, qişloq xöjaligi va ekotizimlari şu daryolarga boğliq.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, qisqa muddatda erişning tezlaşişi suv oqimini oşiradi, ammo keyinçalik bu, ayniqsa qurğoqçil davrlarda, daryolar sathining barqaror pasayişiga olib keladi. Bu bosqiçni gidrologlar «suv çöqqisi» deb ataydi, şundan söng uzoq muddatli tanqislik boşlanadi.
Ta’kidlanişça, daryolarning yuqori qismida yirik gidroenergetika inşootlari qurilişi vaziyatni yanada murakkablaştirmoqda. Xususan, Tojikistonda Roğun GES qurilişi davom etmoqda, Qirğizistonda esa Qambarota GES-1 qurilişi rejalaştirilgan. Uşbu loyihalar tabiiy oqim rejimini özgartirişi va daryo ekotizimlariga qöşimça bosim ötkazişi mumkin.
Mutaxassislar iqlim özgarişi va daryolarni tartibga solişning uyğunlaşuvi deltalar va qayir hududlari, jumladan, Orolböyi mintaqasi holatining yomonlaşişiga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
WMO muzliklarning jadal qisqarişi suv resurslarini boşqariş yondaşuvlarini qayta körib çiqişni talab qilişini ta’kidlaydi, çunki suv mintaqada barqaror rivojlaniş va davlatlararo munosabatlarning asosiy omili bölib qolmoqda.












