Ispaniyalik tennisçi Pablo Karrino-Busta Avstraliya oçiq çempionatida özbekistonlik Denis Istomin bilan uçraşuvda vişkada ötirgan uçraşuv hakamiga töp bilan tegdi. Bu haqda Eurosport telekanali xabar berdi. 

Ispaniyalik Istominning zarbasini qaytarişga urinib, töpni hakam qiz tomon urib yuborgan. Tennisçi bu "qilmişi" uçun qizdan uzr söragan va uçraşuv davom etkazilgan. Uçraşuv Istominning 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobidagi 5 setdagi ğalabasi bilan yakunlandi. Uçraşuv 3 soat 27 daqiqa davom etgan.

Istomin uşbu ğalabasi evaziga musobaqaning 1/8 finaliga yöl oldi. U nimçorak finalda Grigor Dimitrov (Bolgariya) — Rişar Gaske (Fransiya) juftligi ğolibi bilan uçraşadi.