Braziliyaning markazidagi Goyas ştatidagi qamoqxonalardan biridan 14 mahbus qoçib ketdi, deb xabar bermoqda Globo telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga köra, mahbuslardan biri qöqqisdan qöriqçiga hujum qilib, undan qurolini tortib olgan. Söngra boşqa bir qöriqçini turma eşigini oçişga majbur qilgan. Qoçoqlardan birortasi hali uşlanmagan.
Braziliyada 2017 yil boşi qamoqxonalardagi bir qator isyonlar bilan boşlandi. Braziliya tarixidagi bunday isyonlardan eng yirigi Manaus şahrida 1 yanvarda yuz berdi. Öşanda ikki raqib guruhning özaro ixtilofi sababli boşlangan tartibsizliklarda 50 dan köproq odam halok bölgan.
Şundan keyin Braziliya hukumati axloq-tuzatiş muassasalarini isloh qiliş dasturini qabul qilgan. Braziliyada aksariyat turmalar me'yoridan tölib-toşgan.









