AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞning Trans-Tinç okean hamkorligi kelişuvidan çiqişi haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
AQŞ boşçiligida bir neça yil davomida tayyorlangan bu kelişuv ötgan yil fevralida 12 davlat vakillari tomonidan imzolangandi va Osiyo-Tinç okeani mintaqasida kengroq erkin savdo hududini yaratişni nazarda tutgandi.
Avvalgi prezident Barak Obama bu kelişuvni uning iştirokçisi hisoblanmaydigan Xitoyga qarşi iqtisodiy kuraşdagi asosiy çoralardan biri sifatida qaragandi. Biroq AQŞ kongressi hujjatni ratifikatsiya qilmagan va u kuçga kirmagan.
Tramp prezidentlik lavozimiga kirişişi bilanoq AQŞning bu kelişuvdan çiqişiga erişişiga va'da bergandi. Şu bilan birga Tramp kelişuvga a'zo davlatlar bilan yakka tartibda savdo böyiça muzokaralarni boşlaşga çoralar körmoqda.













