2009 yili hayotdan köz yumgan maşhur pop qöşiqçi Maykl Jyeksonning 18 yoşli qizi Peris-Maykl Jyekson otasining tabiiy sabablardan ölganiga işonmasligini aytdi. U Rolling Stone jurnaliga bergan intervyusida şunday fikrlarni bildirdi.
Uning sözlariga köra, Maykl qasddan öldirilgan. Uning aytişiça, otasining özi, «ular meni qaçondir öldiradi» degan.
«Bu aniq. Hammasi suiqasd ekani körinib turibdi. Barçasi avvaldan uyuştirilganga öxşaydi. Haqiqiy muxlislari va oila a'zolari buni biladi», — deb işonç bildirgan Peris Jyekson.
U, şuningdek, aybdorlarni topib, ularni odil sudga tortişni xohlaşini qöşimça qilgan. Perisning qayd etişiça, otasining ölimini «juda köpçilik tilagan».












