O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25-yilligi munosabati bilan mamlakatimizda faoliyat yurituvchi Milliy madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Quyida farmonning to‘liq matni keltiriladi:

Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25-yilligi munosabati bilan Milliy madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlash to‘g‘risida 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasida hukm surayotgan o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini asrash, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin: 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi»

Bazarbayeva Nurkul Alimbayevna – Navoiy viloyati Konimex tumani qoraqalpoq milliy madaniy markazi faoli, Konimex tumanidagi «Jas tulek» ansambli badiiy rahbari 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»

Mironov Sergey Aleksandrovich – Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktorining o‘rinbosari 

Yurtimizda bag‘rikenglik, tinchliksevarlik va insonparvarlik muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an'analarning o‘ziga xosligini saqlash va rivojlantirish, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin: 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Muhammadiyev Nasriddin – Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abayev Arazmuxammet Allabayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi turkman milliy madaniy markazi faoli, To‘rtko‘l tumani «Mekan» gazetasi bosh muharriri