Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmati giyohvandlikka qarşi kuraş bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan bir qator tezkor tadbirlar natijasida Tojikiston Respublikasidan ikkita narkoyölak foş etildi. Bu haqda Özbekiston MTRKning “Özbekiston” telekanalida xabar berildi.
MXX tomonidan amalga oşirilgan tadbir natijasida Tojikiston fuqarosi Ibrohim Haydarov katta miqdorda giyohvandlik vositalarini sotiş uçun respublikamizga olib kirmoqçi ekanligi aniqlangan. Buning uçun asli tojikistonlik, hozirda Özbekiston fuqarosi Hakimxon Ğoziyev bilan jinoiy til biriktirgan.
Aniqlanişiça, Haydarov keçasi davlat çegarasidan noqonuniy ötib, narkotik moddalarni Ğoziyevga yetkazgan. Ğoziyevning Urgut tumanidagi xonadoni közdan keçirilganda, yertöladagi yaşirin joyda Haydarov keltirgan önta öram topilgan. Oğufuruşlar aşyoviy dalil bilan qölga olindi. Ekspertiza xulosasiga köra, öramlardagi modda “qoradori” giyohvandlik vositasi bölib, oğirligi 10 kilogrammdan ortiqni taşkil etdi.
Şuningdek, yana bir tadbir MXX giyohvandlikka qarşi bölinmasi tomonidan Toşkent viloyatida ötkazilgan.
Böka tumanida yaşovçi Sohibnazar Ma'surov boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobil közdan keçirilganda, 12ta briket olib qöyilgan. Ularda 11 kilogramm 316 gramm opiy va 2 kilogramm gaşiş bölgan.
Aniqlanişiça, Tojikistondan keltirilgan ajal uruğini yetkaziş taşkilotçisi maşinada bölgan yana bir kişi – Bekobod tumanida yaşovçi, avval narkojinoyat uçun sudlangan Dilşod Pardaboyev bölgan.
Uşbu holatlar böyiça Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tergov bölinmalari tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça jinoyat işlari tergov qilinmoqda.











