Misrning Ayn-Şams va Qohira universitetlariga kiriş anketalarida talabalarning qaysi dinga mansubligi haqidagi savol olib taşlandi. Bu akademik muhitda diniy kamsitişlarning oldini oliş maqsadida qilinmoqda, deb xabar bermoqda universityworldnews.com naşri.
Ayn-Şams universiteti Qohirada joylaşgan bölib, u Qohira universiteti qöllagan usulni qölladi. Talabalar orasida diniy tengsizlikning oldini oliş maqsadida kiriş anketalaridan dinga oid savollar olib taşlandi.
"Talabalardan ularning diniga oid savol-javob ötkazişdan xeç qanday ma'no yöq. Anketadagi bu kabi savollar eskirgan. Qölimizda institut rektorining sörovnomalarni yangilaş töğrisidagi qarori bor" deb aytdi Ayn-Şams universiteti san'at fakulteti dekani Suzan Elkallini.
Diniy mansublik haqidagi savol Misrning turli muassasasalaridagi rasmiy hujjatlarda köp söraladigan savoldir. Bundan taşqari, dinga mansublikni nafaqat oliy ta'lim muassasasini bitirganlik haqidagi guvohnomalarda, balki tuğilganlik haqidagi guvohnoma, ID-kartalar va boşqa rasmiy hujjatlarda körsatiş qabul qilingan.












